Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida boshqarmaga tegishliligi bo‘yicha huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etish va ularda ishtirok etish;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida boshqarmaga tegishliligi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, «kartel» kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qo‘yish;
savdolarni monopoliyaga qarshi tartibga solish;
vazirlik va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tanlov (tender) savdolarini tashkillashtirishi va o‘tkazishi, ushbu idoralarning tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilinishida raqobat sohasidagi amaldagi qonunchilikka amal qilishini nazorat qilish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan o‘z vakolatlari doirasida himoya qiladi;
yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi.
Shuningdek, belgilangan tartibda qonunchilikka va qo‘mita rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
Quyidagilar Boshqarmaning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobatni himoya qilishni yanada takomillashtirish yo‘nalishida boshqarmaga tegishliligi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirsh sohasidagi boshqarmaga tegishliligi bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va joriy etish;
vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda tovar va moliya bozorlarida boshqarmaga tegishliligi bo‘yicha raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, «yo‘l xaritalari» va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida boshqarmaga tegishliligi bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil qilish;
«kartel» kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘rish;
«kartel» kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlash;
tanlov (tender) o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladigan va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini boshqarmaga tegishliligi bo‘yicha raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi;
Jismoniy va yuridik shaxslarning tender (tanlov) savdolarini o‘tkazishda davlat xaridlari to‘g‘risidagi va raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilinmaslik qismi bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish;
Davlat xaridlari, davlat xususiy sheriklik va intellektual mulk bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari, tender hujjatlar loyihalariga oid hujjatlarni ko‘rib chiqish va kelishish;
Shuningdek, belgilangan tartibda qonunchilikka va qo‘mita rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.