Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda Xalqaro Vestminster Universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Qo‘mita xodimlari uchun «Ilmiy tadqiqot metodlari va ekonometrik tahlil» mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarning asosiy maqsadi xodimlarni zamonaviy ilmiy tadqiqot metodologiyasining yangicha yondashuvlari bilan tanishtirish, iqtisodiy tahlil va bozor monitoringida qo‘llaniladigan ekonometrik usullar bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar ta’sir kuchini baholash, miqdoriy va sifatli tadqiqot usullari, tadqiqot natijalarini tahliliy xulosalarga aylantirish hamda ularni qaror qabul qilish jarayonida qo‘llash bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Ushbu amaliy seminar xodimlarning tahliliy fikrlashini rivojlantirish, ilmiy asoslangan yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda raqobat siyosati sohasida qabul qilinayotgan qarorlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.








