Ijtimoiy tarmoqlar orqali, shu jumladan Instagramdagi kingsmanuzbekistan rasmiy sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri O.Nazarbekov ishtirokida “KINGSMAN UZBEKISTAN” kiyimlar do‘koni haqidagi reklama lavhasi joylashtirilgan va bu holat keng jamoatchilik tomonidan qonunbuzilish ekanligi ta’kidlanmoqda.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining asosiy vazifalaridan biri mamlakatimizda reklama sohasiga oid qonunchilikni nazorat qilib borish hisoblanadi.
Yuqoridagilarga ko‘ra mazkur holat yuzasidan Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 07.06.2022-yildagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida o‘rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilamiz.