Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Brasserie” kafesiga o‘rnatilgan monitorlari orqali bukmekerlik xizmatlariga doir maxsus belgili axborot joylashtirilganligi jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘lmoqda.
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasi taqiqlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “One More” MCHJ (“Brasserie” kafesi)ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 46-moddasi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan ish qo‘zg‘atildi.
Ishni ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.