Mamlakatimizdagi islohotlarning pirovard maqsadi kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishdir. Shu bois, Prezidentimiz tashabbusi bilan xalqimiz turmushini yaxshilash yoʻlida juda katta islohotlar amalga oshirildi. Prezidentimiz tashabbuslari bilan mahallalarda mahallabay ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, joriy yildan boshlab esa mahallalarda hokim yordamchilari lavozimlari joriy etildi. Bundan asosiy maqsad esa yurtimizda aholi turmush farovonligini oshirish, jamiyatimizda ochiqlik, oshkoralikni taʼminlashdan iboratdir.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi va Qoʻmita raisi oʻrinbosarlari respublika boʻyicha hududlarda mahallabay ishlash va kambagʻallikni qisqartirish, hokim yordamchilari faoliyatiga koʻmaklashish, amaliy yordam berish maqsadida hududlarga biriktirilgan.
Hududlarda respublika ishchi guruhi vakillari va hokim yordamchilari tomonidan aholini nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, himoyaga muhtoj xonadonlarga koʻmak berish maqsadida ularni har tomonlama muammolari oʻrganilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan hududlardagi “Ayollar daftari” va “Temir daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga Qoʻmita tomonidan maktab formalari va oʻquv qurollari respublika vakillari va hokim yordamchilari ishtirokida topshirildi.