Raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga «Kimberly-Clark» MCHJning murojaatida o‘ziga tegishli bo‘lgan “HUGGIES” tovar belgisidan boshqa bir korxona (“Ahangaron Hygienic Pro” MCHJ) ruxsatsiz foydalanganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi
Mazkur o‘rganishlar davomida “Ahangaron Hygienic Pro” MCHJ haqiqatdan ham “Kimberly-Clark” MCHJga tegishli tovar belgisidan foydalangan va uning obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Ahangaron Hygienic Pro” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, “Raqobat to‘g‘risida” hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarning talablari buzilgan deb topildi va korxonaga tegishli tartibda moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.