Hozirda bo’lib o’tayotgan konferensiyada Raqobat qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokchilarga normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash hamda iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartiblari to’g’risida muhim ma’lumotlar ulashmoqdalar.
Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Mustaqil monopoliyaga qarshi ekspertlar kengashi a’zolari sohadagi dolzarb huquqiy masalalar yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirib, tadbirda faol ishtirok etishmoqda.
Xususan, Ekspertlar kengashi a’zosi I.Azizov yangi tahrirdagi «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunchilik va uning ahamiyati muhimligi va barchaning teng raqobat ta’minlashda ma’suliyati yuzasidan fikrlarga to‘xtalib o‘tdi.
M.Dogonkin O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik borasida o‘z fikrlarini bildirib, raqobat qonuni shaffof va xalqaro amaliyotga yaqinlashganini ta’kidladi. Monopoliyaga qarshi qonunchilikda qo‘llaniladigan atamalarga aniqlik kiritishga yordam beradigan uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.