Gruziyada Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha IV Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
Mazkur tadbir Gruziya Raqobat va iste’molchilar agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan o‘tkazilgan bo‘lib, unda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining vakillari ham ishtirok etishdi.
Anjumanda bir qator mamlakatlarning raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish idoralari rahbarlari, shuningdek, mahalliy va xalqaro ekspertlar, davlat va regulyator organlar, biznes sektori va xalqaro tashkilotlar tomonidan raqobat siyosati, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari va regulyator organlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shu bilan bir qatorda, konferensiya doirasida ishtirokchi idoralar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Uning maqsadi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat.
Ma’lumot o‘rnida. 2022-yildan beri mazkur xalqaro konferensiya muntazam o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan yilgi tadbirda 12 mamlakatdan delegatsiyalar, 50 dan ortiq mahalliy va xalqaro ma’ruzachilar, shuningdek, 300 dan ziyod ishtirokchilar qatnashgan. Xalqaro Raqobat Tarmog‘i (ICN), UNCTAD, OECD, Yevropa Ittifoqi DG COMP va DG JUSTICE kabi yetakchi tashkilotlar ishtirok etib, oltita ish sessiyasi va ikki ta xalqaro panel muhokamalarida qatnashgan.








