Gruziyada 16-18 noyabr kunlari raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ikkinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Halol raqobat tamoyili va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning hal qiluvchi omilidir.
Tadbir kun tartibida raqobat siyosatidan tortib iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari, nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlargacha bo’lgan keng ko’lamli asosiy masalalar o’rin olgan.
Davlat idoralari, nazorat qiluvchi organlar, ilmiy hamjamiyatlar, xalqaro tashkilotlar, biznes sektori, mahalliy va xalqaro ekspertlar va boshqa agentliklarni jalb qilish ishtirokchi manfaatdor tomonlarning sinergiyasini yanada oshiradi.