Germaniyaning German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda Raqobat qo’mitasi markaziy appararti va hududiy organlari xodimlari uchun «Loyihalarni boshqarish asoslari» malaka oshirish seminarlari boshlandi.
Joriy yilning 28-mayida seminarning birinchi kuniga start berildi. Germaniyalik mutaxassis Aleksandr Burggraf ishtirokida klassik, faol va gibrid loyiha menejmenti metodlari bo’yicha chuqur amaliy darslar bo’lib o’tmoqda.