Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasiga fuqaro “Fayz Effect savdo” MChJ bilan quyosh panellari uchun tuzilgan shartnoma shartlari bajarilmasdan kelinayotganligidan norozi bo‘lib murojaat yo‘llagan.
Fuqaro quyosh paneli uchun 60 000 000 so‘m pul mablag‘i evaziga shartnoma imzolanganidan bir necha oy o‘tishiga qaramasdan, ushbu shartnoma shartlari to‘liq bajarilmasdan kelinayotganligi aniqlangan.
Murojaat bo‘yicha hududiy boshqarma xodimlari Jamiyatga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi 1-qismiga asosan, ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shartligi qayd etilganligi, shuningdek, ushbu Qonunning 19-moddasi 3-qismida, agar ijrochi shartnomani ijro etishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki shartnomaning belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon bo‘lib qolsa, iste’molchi ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomadan voz kechishga va yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, fuqaro tomonidan shartnoma shartlarida keltirilgan 60 000 000 so‘mlik quyosh panellari uning xonadoniga o‘rnatilib, ishga tushirildi va murojaati qanoatlantirildi.