Ayni damda «Olib borilayotgan islohotlarning xalqaro reytinglarga ta’siri» mavzusidagi III Xalqaro Reytinglar Forumiga start berildi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida o’tkazilayotgan ushbu Forumga 300 dan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurdi.
Ular orasida BMT, Jahon Banki, BMTTD, Evrosiyo raqobatdoshlik instituti, Xalqaro antikorruptsiya Akademiyasi vakillari, hukumat vakillari, professorlar, investorlar, yuristlar va jamg’arma direktorlari ishtirok etmoqda. Forumda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari Qayumov Asadilla O`rolovich ishtirok etmoqda.
Eng avvalo Forum ochilish marosimi – Plenar yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda erishilgan yutuqlar va natijalar haqida so’z bordi.