NARXLARNI ASOSSIZ OSHIRISH YUZASIDAN OLIB BORILGAN ISHLAR YUZASIDAN

O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlarini o‘z ichiga olgan xizmat turlarini ko‘rsatuvchi bozor ishtirokchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida narxlarini (tariflarini) tartibga solish nazarda tutilgan tovarlar (xizmatlar) hamda Tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarning 2023 yil davomida faoliyati o‘rganilib, o‘rganishlar jarayonida iste’molchilardan jami 113,4 mlrd.so‘mdan ortiq olingan asossiz daromadlar aniqlandi.

Natijada, Ushbu davrda 344 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, 14 482 ta iste’molchilarning bugungi kunga qadar 23,3 mlrd so‘mlik manfaatlari himoya qilinib, qayta hisob-qitob qilinishi ta’minlangan. 87,4 mlrd so‘mlik iste’molchilardan olingan ortiqcha daromad summalarini qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hududiy boshqarmalar kesimida qaralsa eng ko‘p qonunbuzilish holatlari (64 ta) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyati(98 ta)da qayd etilgan bo‘lsa, eng ko‘p iste’molchilarga Jizzax viloyatida (7 033 ta) va Farg‘ona viloyatida (4 591 ta) asossiz undirilgan mablag‘lar qaytarilgan.

Mazkur davr mobaynida Qo‘mitaga jami 38,0 mlrd so‘m pul tushumi amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 2,6 mlrd so‘m 2023 yil davomida aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan undirilgan.

Shuningdek, Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan iste’molchilardan olingan ortiqcha daromad summalarini qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.