Bo‘limning vazifalari va funksiyalari

 

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;

iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish;

iste’molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma’lumotlarni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda olish imkoniyatlarini ta’minlash;

aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish sohasida hamkorlik qilish.

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

bank va moliya xizmatlari, aloqa va telekommunikatsiyalar sohasidagi iste’molchilar huquqlarining buzilishi holatlarini o‘rganadi;

me’yoriy-uslubiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

ijtimoiy sohada xizmatlar ko‘rsatish, xususan sog‘liqni saqlash, ta’lim, maktabgacha ta’lim, nodavlat ta’limi va hokazolarda iste’molchilar huquqlarining buzilishining oldini olish choralarini ko‘radi;

dori vositalarining aylanishini davlat tomonidan tartibga solish, dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy jihozlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni ta’minlaydi;

sog‘liqni saqlash tizimini boshqarishning zamonaviy, xalqaro miqyosda sinovdan o‘tgan usullarini amalga oshirishda iste’molchilarning manfaatlarini himoya qiladi va sog‘liqni saqlash tizimida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qiladi;

tibbiy tashkilotlar tomonidan aholiga o‘z vaqtida malakali va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini nazorat qilishni o‘rganadi;

vakolatli organlar tomonidan pochta xizmatlari va telekommunikatsiyalarning sifat standartlari o‘rnatilishi va ularga rioya yetilishini tahlil qiladi;

tegishli vakolatli davlat organi bilan birgalikda axborotlashtirish, telekommunikatsiya va pochta aloqasi sohasidagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;

universal pochta aloqasi va telekommunikatsiya xizmatlariga talablarni belgilashda, shuningdek universal pochta xizmatlari va telekommunikatsiyalar ro‘yxatini tasdiqlashda ishtirok etadi;

belgilangan tartibda pochta aloqasi va telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarining sifati va ishonchliligi ko‘rsatkichlari va standartlarini o‘rganadi;

moliyaviy tashkilotlarda, xususan sug‘urta polyuslari, ssudalar, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlar taqdim etilishida iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi;

iste’molchilar hamda aloqa va telekommunikatsiyalar, moliyaviy xizmatlar subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha iste’molchilarning huquqlari buzilishi holatlarini o‘rganadi va ularni oldini olish choralarini ishlab chiqadi;

Markaziy bank, Banklar assotsiasiyasi, Moliya vazirligi va boshqa davlat va nazorat organlari bilan birgalikda iste’molchilar huquqlarining buzilishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

iste’molchilar qabulini tashkil qiladi, murojaatlarni o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

iste’molchilarga ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda, shu jumladan iste’molchilarning nomuayyan doiralarining qonuniy huquq va manfaatlarini sudlarda himoya qilishni ko‘zlab da’vo arizalari kiritish orqali amaliy yordam ko‘rsatadi;

iste’molchilarning nomuayyan doirasi yuzasidan ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, iste’molchining huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi;

ayrim iste’molchilar, ularning guruhi va iste’molchilarning nomuayyan doiralari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha sud amaliyotini tahlil qiladi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;

iste’molchilar huquqlarini sudgacha himoya qilishning xorijiy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish orqali nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;

inson hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni aniqlashda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadi;

Bo‘lim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.