Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining vazifa va funksiyalari

 

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Hududiy organlar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda Qo‘mitaning hududiy organlari (keyingi o‘rinlarda – hududiy organlar) faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

hududiy organlar faoliyati samaradorligini baholab borish va Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalari bilan uzviy aloqalarni ta’minlash;

tegishliligi bo‘yicha hududiy organlarlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda yillik va choraklik hisobotlar taqdim etib borilishi, Qo‘mita tomonidan yuborilgan yozma va og‘zaki murojaatlarni hududiy organlar tomonidan o‘z vaqtida, to‘laqonli va tezkor ko‘rib chiqilishi va javob taqdim etib borilishini nazorat qilish;

hududiy organlar xodimlarining kasb faoliyatini tartibga solishda qatnashish, zarur hollarda ularning malakasini oshirish bo‘yicha takliflar berish;

hududiy organlar bilan hamkorlikda hududlarda raqobatni rivojlantirish choralarini ko‘rish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

raqobatni rivojlantirish uchun hududlar salohiyati va imkoniyatini o‘rganib chiqib, tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;

hududiy organlar bilan hamkorlikda raqobatni rivojlantirishda investorlar va ishbilarmon tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish;

hududlarda raqobatni rivojlantirishning ahvoli va uning qatnashchilari to‘g‘risida jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etilishida qatnashish;

vazirlik va davlat idoralari hamda hududiy organlar bilan mahalliy boshqaruv organlarining, birlashmalarning (uyushmalarining) raqobatni rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;

hududlarda raqobatni rivojlantirishda bozor qatnashchilari faoliyatini takomillashtirishga doir taklif va mulohazalar berib borish;

Qo‘mita tomonidan yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni hududiy organlar va tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda samarali bajarilishini ta’minlash;

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotlarda qatnashish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.