DAVLAT TILI BO‘YICHA RAIS MASLAHATCHISINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

  1. Davlat tili bo‘yicha maslahatchi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti (keyingi o‘rinlarda – Departament deb ataladi) bilan hamkorlikda ish olib boradi.
  2. Davlat tili bo‘yicha maslahatchining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
  • Qo‘mita, shuningdek, uning tizimidagi hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlar va “Yo‘l xaritalari”ning ijrosini tashkil etishga ko‘maklashish;
  • Qo‘mita tomonidan loyihalashtirilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalar tomonidan chiqarilayotgan xatlarni imloviy jihatini va jumlalarining to‘g‘ri tuzilganligini tekshirib borish. Undan so‘ng ham uchragan xatolar o‘zining zimmasida qolishi;
  • ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tanqidiy o‘rganish, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishida ishtirok etish;
  • ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etish;
  • Qo‘mita, shuningdek, uning tizimidagi hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratish hamda davlat tilini keng targ‘ib qilish
    va rivojlantirishga, shu jumladan, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha madaniy-ma’rifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
  • geografik va boshqa toponimik obyektlar, madaniy meros obyektlariga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatini monitoring qilish va bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
  • joylardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashda ishtirok etish;
  • Qo‘mitada davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish bo‘yicha takliflar kiritish.
  1. Davlat tili bo‘yicha maslahatchi o‘z zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

– Qo‘mita shuningdek, uning tizimidagi hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;

– Qo‘mita raisi huzurida ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqish hamda qarorlar qabul qilishda ishtirok etish;

– Qo‘mita raisining ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan buyruq, qaror va ko‘rsatmalari ijrosini nazorat qilish;

– Qo‘mitada ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirishga oid ishlarni samarali tashkil qilish maqsadida vaqtinchalik ekspert guruhlarini tuzish;

  • davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha vujudga kelgan holatlar yuzasidan Departamentga ma’lumotnoma va takliflar kiritish;
  • davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish jarayonida ishtirok etish;
  • Qo‘mitaning Axborot xizmati, Internet jahon axborot tarmog‘idagi
    veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini muntazam kuzatib borish, davlat tili qoidalarining buzilishi holatlari aniqlanganida, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
  • davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarga oid xalqaro so‘z va atamalarning davlat tilidagi muqobili bo‘yicha Departamentga takliflar kiritish;
  • ta’limning barcha bosqichlarida davlat tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o‘rgatish jarayonini tashkil etish yuzasidan Departamentga, manfaatdor vazirlik va idoralarga takliflar kiritish;
  • o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish bo‘yicha konsepsiya va davlat dasturlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
  • maslahatchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
  1. Davlat tili bo‘yicha maslahatchi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishga majburdir.

 

DAVLAT TILI BO‘YICHA RAIS MASLAHATCHISINING JAVOBGARLIGI

 

  1. Davlat tili bo‘yicha maslahatchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarligi quyidagilardan iborat:
  • Qo‘mita rahbarining topshiriqlarini va maslahatchiga yuklatilgan funksiyalar va vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga;
  • Qo‘mita tomonidan loyihalashtirilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, Markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalar tomonidan chiqarilayotgan xatlarni imloviy jihatdan va undagi jumlalarning to‘g‘ri tuzilganligiga;
  • Qo‘mita tomonidan loyihalashtirilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, Markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalar tomonidan chiqarilayotgan barcha hujjatlar rahbariyatga kirishdan avval yuristga, undan so‘ng uning nazoratiga o‘tishiga;
  • Qo‘mita rahbariyati tomonidan hujjatlarda aniqlangan xato
    va kamchiliklar uchun javobgarlik uning zimmasiga yuklatilishiga;
  • O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga muvofiq lavozim tavsifida nazarda tutilgan vazifalarni samarali bajarishga;
  • maslahatchiga biriktirilgan moddiy boyliklardan xavfsiz va ehtiyotkorlik bilan foydalanishga;
  • moddiy zarar yetkazilganda – amaldagi mehnat va fuqarolik qonunlarida belgilangan darajada;
  • davlat tili maslahatchisi faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni buzish xollarida;
  • Qo‘mita rahbarining topshiriqlarini va maslahatchiga yuklatilgan funksiyalar va vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajarishga;
  • xavfsizlik va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga;
  • mehnat va ijro intizomi talablariga, ichki va belgilangan qoidalarga rioya qilishga;
  • tegishli ishlarni hozirgi lavozimga kirgan shaxsga (boshqa ishga o‘tishi sababli yoki lavozimidan ozod qilingan holda), agar u bo‘lmasa uni almashtirgan shaxsga yoki bevosita rahbariga o‘z vaqtida topshirishi zarurligiga;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanishiga
    va lavozimdan ozod etilishiga.