Joriy yilning oktyabr oyida Germaniyaning Sparkassen Stiftung tashkiloti ko‘magida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi delegatsiyasi Bryussel (Belgiya) shahrida bo‘lib qaytdi. Qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev Yevropa Komissiyasining asosiy monopoliyaga qarshi organi – raqobat bo‘yicha bosh direktoratiga tashrif buyurdi. Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqamli platforma larni nazorat qilish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Linsi Makkallum xonim va Raqobat siyosati va strategiya boshqarmasi boshlig‘i Inge Bernayerts xonim bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi. O‘zaro muloqot chog‘ida O‘zbekistonda raqobatni yana-da rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqar tirish va barcha bozor ishtirokchilarga teng sharoitlar yaratish, ilg‘or xalqaro amaliyotlarga to‘liq uyg‘unlashtirilgan raqobat siyosatining huquqiy bazasini yana-da takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarning natijalari haqida ma’lumot berildi. Yevropa Komissiyasi vakillari esa global raqamli platformalarni tartibga solish, kartellarni tergov qilish, davlat yordami va iqtisodiy konsentratsiya bitimlarini nazorat qilishdagi yondashuv va amaliyotlarga to‘xtalib o‘tishdi. Bundan tashqari, Farrux Karabayev Yevropa Ittifoqining raqobat qonunchiligi va siyosati amaliyotlari mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro seminarda ishtirok etdi. College of Europe universitetining Global raqobat bo‘yicha huquq markazi prezidenti, doktor Bernd Meyring, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha (EuroUz) assotsiatsiyasining Intellektual mulk va raqobat masalalari qo‘mitasi a’zolari bilan suhbat samarali kechdi. Uchrashuvlar yakunida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutaxassislarining Yevropa Komissiyasi raqobat bo‘yicha bosh direktoratida 3 oylik amaliyot o‘tashini tashkil etish, qo‘mita bilan Raqobat bo‘yicha bosh direktorat o‘rtasida global raqamli platformalarni monopoliyaga qarshi tartibga solish bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuv mexanizmini ishga tushirishga oid kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, EuroUz assotsiatsiyasi va qo‘ mita o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Unga muvofiq assotsiatsiya qo‘mitaga Yevropa komissiyasi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlan tirishga yordam beradi. Yevropa Ittifoqining tadbirkorlik subyektlari O‘zbekistonda o‘z faoliyatini amalga oshirishidagi to‘siqlarni bartaraf etishga hamda O‘zbekistonga Yevropa investitsiyalari oqimini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha doimiy maslahat mexanizmi joriy etiladi.
Ushbu yangilik bilan boʻlishish