Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2023-yil davomida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan olib borilgan monitoring va nazorat tadbirlari yakuniga ko‘ra, qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyatlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan tabiiy monopoliya subyektlarining reyestri shakllantirildi va jamoatchilikka e’lon qilindi.
Ushbu reyestrda qonun hujjatlarini buzgan tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, buzilish turi hamda ko‘rilgan chora-tadbirlar aks etgan bo‘lib, u Raqobat qo‘mitasining rasmiy veb-saytida ochiq holda joylashtirilgan.
(https://raqobat.gov.uz/xizmatlar/ochiq-malumotlar/raqobat-togrisidagi-qonun-hujjatlarini-buzgan-hojalik-yurituvchi-subektlar-va-davlat-organlarining-reestri/)