Jarqo‘rg‘on tumani Kakaydi qo‘rg‘onida joylashgan 54831-harbiy qismning Mudofaa Vazirligi IK harbiy shaharchasida joylashgan “Yoshlar” va “Do‘stlik” mehmonxonalari tomonidan iste’mol qilinayotgan 1kVt elektr energiyasi uchun 800 so‘mdan to‘lovni amalga oshirishni talab qilinayotganligidan noroziligi to‘g‘risida”gi murojaati O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan vakolat doirasida o‘rganib chiqildi.
O‘tkazilgan o‘rganishda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo filiali (Jarqo‘rg‘on tuman elektr tarmoqlari korxonasi) tomonidan “Yoshlar” va “Do‘stlik” mehmonxonalari tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan narx (tarif)larni noto‘g‘ri qo‘llanilishi natijasida 319 809 310 so‘m ortiqcha mablag‘ hisoblanganligi aniqlandi.
Natijada, “Yoshlar” va “Do‘stlik” mehmonxonalari tomonidan iste’mol qilinayotgan elektr energiyasining xar 1kVt uchun amaldagi tarifi 295 so‘mdan hisob-kitob qilinishi hamda “Yoshlar” va “Do‘stlik” mehmonxonalariga foydasiga 319 809 310 so‘m qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.