O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga uning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda.
Xorijiy hamkorlar mamlakatimiz yetakchisini samimiy qutlar ekan, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.
Tabriknomalarda Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish va yurtimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan ortga qaytmas islohotlar dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani alohida qayd etilgan.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin,
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin,
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’gan,
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko,
Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella,
Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Valentina Matviyenko,
Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin,
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,
Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min,
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.