“15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona”ni aniqlash uchun tanlov o‘tkaziladi. Tanlov natijasida g‘olib korxonalar Qo‘mitaning “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisi bilan taqdirlanadi.
Tanlov “Umumiy ovqatlanish”, “Chakana savdo”, “Onlayn savdo”, “Moliyaviy xizmatlar” “Xizmatlar sohasi” va “Qurilish xizmatlari” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tanlov besh bosqichda bo‘lib o‘tadi:
birinchi bosqich – tanlov ishtirokchilaridan arizalarni qabul qilish (16-yanvardan 20-fevralgacha);
ikkinchi bosqich – tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish (20-fevral);
uchinchi bosqich – quyidagi baholash jarayonlarini o‘tkazish (23-fevraldan 6-martgacha):
iste’molchilarning ovoz berish jarayonlari;
tanlov ishtirokchilariga tegishli rasmiy veb-saytlardagi axborotlarni, iste’molchilar muammolari bilan ishlash holatini o‘rganish;
tanlov ishtirokchilari faoliyatiga doir Qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan axborotlar (jamoatchilik fikri) hamda nazorat xaridi natijalarini tahlil qilish;
to‘rtinchi bosqich – ishtirokchilar faoliyatiga oid tahlillar, ovoz berish va o‘rganish natijalari asosida har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash (9-martdan 11-martgacha);
beshinchi bosqich – “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” arafasida tanlov g‘oliblarini e’lon qilish va tantanali tarzda mukofotlash marosimini tashkil etish.
G‘oliblar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan ta’sis etilgan “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisi (yilini ko‘rsatgan holda) e’tirofiga sazovor bo‘ladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun https://cabinet.fairtech.uz/tanlov sayti orqali yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tiladi. Tanlov to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni www.raqobat.gov.uz rasmiy-sayti va (71) 207-47-00 (321, 266) telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Tanlov g‘oliblari joriy yilning 12-mart kuni “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda e’lon qilinadi va mukofotlanadi.
G‘oliblar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan ta’sis etilgan “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisi e’tirofiga sazovor bo‘ladi.
Shuningdek, tanlov g‘olib va sovrindorlari haqidagi ma’lumotlar Qo‘mitaning www.raqobat.gov.uz saytida (https://t.me/RaqobatGovUz) e’lon qilinadi.







