“Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston-Belarus sammiti yakunlangach, birgalikda daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Faxriy mehmonlar xiyobonida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilish ramzi sifatida daraxt ekdilar.