Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2025-yil davomida iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olinganligi masalalari yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.
Olib borilgan o‘rganish ishlari davomida, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etgan quyidagi tashkilotlarga, jumladan,
🔘6 ta mahalliy davlat hokimiyati organlari – Nukus va Yangiyer shahar, Qiziriq, Buvayda, Shayxontohur va Sergeli tumani hokimliklari;
🔘2 ta Qo‘ng‘irot va Sharof Rashidov tumani Obodonlashtirish boshqarmalari;
🔘13 ta oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari – Xo‘jaobod Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va Agrotexnologiyalar instituti, Buxoro Davlat universiteti, Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti va uning Olmaliq filiali, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Yangi O‘zbekiston universiteti, Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, Yadro fizika instituti;
🔘8 ta davlat korxonalari va byudjet tashkilotlari – «Urug‘chilikni rivojlantirish markazi» DM, O‘zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Qashqadaryo viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi, Quvasoy shahar 1-son sport maktabi, Namangan viloyat xo‘jalik hisobidagi dezinfeksiya stansiyasi, Toshkent shahar hokimligi Kapital qurilish boshqarmasi, «Qurilish sohasida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi» DM;
🔘9 ta davlat ishtirokidagi korxonalar – «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ, «O‘zbekekspertiza» AJ, «O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJ, «O‘zbekiston Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi» DUK, «Toshkent metropoliteni» DUK, «Sho‘rtangaz kimyo majmuasi» MChJ, «Surxondaryodonmahsulotlari» AJ, «Toshkent tumani ko‘p tarmoqli dehqon bozori» MChJ, Hazorasp ulgurji savdo kompleksi direksiya;
Raqobat qo‘mitasi hududiy organlarining Maxsus komissiyasi tomonidan yuqoridagi korxonalarga nisbatan «Raqobat to‘g‘risida» qonun talablariga amal qilinmagani, ya’ni davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) chog‘ida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinmagani yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, qonun talablariga asosan ayrim subyektlarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.








