MONOPOLIYAGA QARSHI KURARSHISH QO’MITASINING «UZAUTOMOTORS» AJga NISBATAN QO’ZG’ATILGAN ISH NATIJASI BO’YICHA AXBOROTI

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJda qonun hujjatlari talablari asosida tekshirish o’ztkazilganligi hamda jamiyatga nisbatan O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari bo’yicha ish qo’zg’atilganligi to’g’risida axborot berilgan edi. Bugun 2020 yil 19 avgust kuni mazkur ish Qo’mita maxsus komissiyasining navbatdagi yig’ilishida ko’rib chiqildi va quyidagilar aniqlandi. Jumladan, “UZAUTO MOTORS” AJ…

Viloyat hokimligi xarakatsizligi tufayli 13ta tadbirkor sarson

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi rahbariyatining Xorazm viloyatida o’tkazilgan sayyor qabulida bir guruh tadbirkorlar tomonidan uzoq muddat davomida hal qilinmay kelayotgan muammoli masala bo’yicha murojaat qilindi. Jumladan, Urganch tuman hokimligi tomonidan 2018 yildagi qarori bilan “Obod mahalla” dasturi asosida Urganch tumani G’alaba qishlog’i Qumravot mahallasi hududidan jami 13 ta fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga jami 0,5 ga…

Bozor kontsentratsiyasiga oldindan rozilik berish

2020 yil 1 iyul` holatiga Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi va uning hududiy boshqarmalariga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni qo’shib yuborish va qo’shib olish hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondidagi (kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo’yicha bitimlarga oldindan rozilik berish bo’yicha jami 64 ta (2019 yilning mos davrida 106 ta) murojaatlar kelib tushdi. Shundan, 14 tasi xo’jalik yuirtuvchi sub’ektlarni…

Neft` bazasining monopol holatini suiiste’mol qilishi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2020 yil 1 maydagi yig’ilish bayoni bilan neft` mahsulotlarini neft` bazalaring sig’imlarida saqlash (quyish va to’kish hisobga olingan) bo’yicha xizmatlar ko’rsatish uchun tariflar belgilangan va mazkur bayon bilan narxlarni to’g’ri qo’llanilishini nazorat qilish Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga yuklatilgan. Nazorat vazifasini amalga oshirish maqsadida “Guliston neft` bazasi” MCHJ tomonidan birja…

Ba’zan umuman muammolar bo’lmasligi ham mumkin…

Agar bozor rahbariyati tadbirkorni ta’mirlash ishlari haqida oldindan ogohlantirganda… Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Yangier shahrida istiqomat qiluvchi yakka tadbirkordan bir muammoni hal etishni so’rab murojaat kelib tushdi. Fuqaro yakka tadbirkor sifatida “Yangier shaxar dehqon bozori” MCHJ hududida faoliyat ko’satib, go’sht mahsulotlarini “Elga xizmat” mobil` do’koni orqali sotish bilan shug’ullangan. Hech kim…

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Agrar sektorni qishloq xo’jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi qarori loyihasiga XULOSASI.

Qaror loyihasi 2-bandida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo’jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo’mitasi, Davlat soliq qo’mitasi, “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi, Qashqadaryo va Jizzax viloyatilari hokimlarining “Indorama Agro” MCHJ XK va “Pahtakor Tex” MCHJ paxta to’qimachilik klasterlari to’g’ridan-to’g’ri tuzilgan shartnomalariga asosan ilovadagi ro’yxatga muvofiq olib kiriladigan qishloq xo’jaligi texnikalari va ehtiyot qismlarini:…

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH QO’MITASINING “UZAUTOMOTORS” AJga NISBATAN OLIB BORGAN TEKSHIRISH NATIJALARI HAQIDA MA’LUMOT

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan hukumat topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida hamda fuqarolardan yozma va ommaviy axborot vositalari orqali kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “UZAUTOMOTORS” AJda  O’zbekiston Respublikasi “Raqobat to’g’risida”gi qonuni va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlar talablariga rioya etilishi, shu jumladan, ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo’llanilishi asosliligi yuzasidan…

Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tayorlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akfa Universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori  loyihasiga XULOSA

Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi (regulation.gov.uz)ga qo’yilgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akfa Universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori (ID-19254) loyihasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan Adliya vazirligida 2019 yil 19 aprelda 3155-son bilan ro’yhatga olingan Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasi asosida ko’rib chiqilgan. Qaror loyihasining ayrim bandlari O’zbekiston…

IMPORT… CHEKLASH… MUMKIN? EMAS? UNDOV BELGILARINI QANDAY JOYLASHTIRISH MUMKIN?

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan bir nechta internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan ayrim metall mahsulotlarini, shu jumladan “katanka” xom ashyosi importini cheklanishi bilan bog’liq holatlar o’rganib chiqildi. Maqolalarda Inqirozga qarshi kurashish Respublika komissiyasining 2020 yil 11 maydagi yig’ilishi bayoni bilan ayrim yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar (“Olmaliq KMK” AJ, “O’zmetkombinat” AJ, “O’zikkilamchiranglimetall”…

“QISHLOQ XO’JALIGI MASHINASOZLIGI SANOATINI YANADA RIVOJLANTIRISH BO’YICHA QO’SHIMCHA CHORA-TADBIRLARTO’G’RISIDA”GI QARORI LOYIHASINI RAQOBATGA TA’SIRINI BAHOLASH BO’YICHA XULOSA

“O’zagrotexsanoatxolding” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali yuborilgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo’jaligi mashinasozligi sanoatini yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori loyihasini (ID-18823) raqobatga ta’sirini baholash bo’yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining xulosasi