Sayyor qabul

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish Qo‘mitasi hamda Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Farg‘ona viloyati Axborot kutubxona markazida Qo‘mita raisi o‘rinbosari B.Ummatov ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan sayyor qabul jarayonida tizimning asosiy vazifalari hamda olib borilayotgan islohotlar va yangiliklar haqida ma’lumotlar keltirib o‘tildi. Shuningdek, sayyor qabul davomida tadbirkorlik subyektlari vakillari…

Forum

Ayni damda «Olib borilayotgan islohotlarning xalqaro reytinglarga ta’siri» mavzusidagi III Xalqaro Reytinglar Forumiga start berildi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida o’tkazilayotgan ushbu Forumga 300 dan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurdi. Ular orasida BMT, Jahon Banki, BMTTD, Evrosiyo raqobatdoshlik instituti, Xalqaro antikorruptsiya Akademiyasi vakillari, hukumat vakillari, professorlar, investorlar, yuristlar va jamg’arma direktorlari ishtirok etmoqda. Forumda Monopoliyaga qarshi…

Xalqaro hamkorlik

Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Raqobat Tarmog‘ining navbatdagi 21-yillik konferensiyasi davom etmoqda. Konferensiyada ishtirok etayotgan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Bahodir Yusupjanov konferensiya doirasida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkilotining (OESR) raqobat bo‘yicha katta eksperti Sabin Zigelski bilan muzokara o‘tkazdi. Ushbu muzokaralar davomida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkilotining (OESR) hamda Monopoliyaga qarshi kurashish…

Xalqaro hamkorlik

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev va Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Bahodir Yusupjanov Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Raqobat Tarmog‘ining navbatdagi 21-yillik konferensiyasida ishtirok etishmoqda. Unda dunyoning 130 dan ortiq davlatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari ishtirok etib, raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi kurashish sohasining eng dolzarb muammolari va yechimlari muhokama qilinadi hamda istiqboldagi…

Iste’molchilardan ortiqcha undirilgan pullar majburiy tartibda qaytariladi.

Bugungi kunda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan. Qo‘mita tomonidan tadbirkorlar va iste’molchilarning xaq-huquqlarini himoyalash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga tadbirkorlik subyektlaridan ko‘plab murojaatlar kelib tushadi. Murojaatlarning aksariyati tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asossiz qarzdorliklar hisoblash va undirishdir. Birgina misol tariqasida, Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani Sho‘r-suv shaharchasida…

Masjidlarga hisoblangan ortiqcha qarzdorliklar qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan rejaga asosan hududlarda elektr ta’minoti korxonalarining elektr energiyasi uchun tariflarni to‘g‘ri qo‘llanilganligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Qo‘mitaning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi rejasiga asosan joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan o‘rganishda “Andijon HETK” AJ tomonidan viloyatdagi diniy tashkilotlarga, shu jumladan, masjidlarga 2019-2021-yillarda elektr energiyasi uchun belgilangan tariflar…

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Ichki audit, korrupsiyaga qarshi komplayens va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida

I. Korrupsiyaga qarshi kurashish. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish boʻyicha ishlar…

Tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash va xarid tizimlarini nazorat qilish boshqarma tomonidan joriy yil I-chorakda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida

Ichki bozorda narxlar barqarorligini va aholini arzon yoqilgʻi mahsuloti bilan taʼminlash, birja savdolarida barcha ishtirokchilarga teng sharoitlarni yaratilishi, manipulyatsiya va boshqa salbiy holatlarni oldini olish maqsadida: Jahonda neft narxining koʻtarilishi natijasida, ichki bozorda vujudga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarning oldini olish boʻyicha oʻtkazilgan tahlillar natijasida tegishli takliflar ishlab chiqildi. Mazkur takliflar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar…

Hamkorlik

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasida Jahon banki maslahatchilari va Transport hamda logistika sohasidagi АЛГ konsalting kompaniyasi vakillari bilan aviasiya sohasida ko`rsatilayotgan xizmatlar, ushbu xizmatlar uchun tariflar belgilash mexanizmlari yuzasidan uchrashuv bo`lib o`tdi. Mazkur uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 yanvar kunidagi 21-F-sonli farmoyishiga muvofiq, fuqaro aviasiyasi sohasida boshlangan islohotlar yakunlash va raqobat muhitini yaratish,…

Har qanday murakkab vaziyatda yechimlar mavjud

Kun.uz rasmiy kanali orqali eʼlon qilingan “Oziq-ovqat xavfsizligi, valyuta kursi va makroiqtisodiy barqarorlik. Ukrainadagi urushning Oʻzbekistonga taʼsiri boʻyicha tahlil va prognozlar” hamda “Oʻzbekistonda yogʻ narxi muammosi kun tartibiga qaytishi mumkin” sarlavhali maqolalarida keltirilgan holat  Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan oʻrganildi. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi yuzaga kelgan keskinlik, chegaralarning yopilishi va valyuta kursi…