RАSMIY MUNOSАBАT

Joriy yilning 21-dekabr kuni ijtimoiy tarmoq orqali Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasiga birja savdolarida xaridorlar tomonidan bir xaridorga suyultirilgan gaz “propan” harid qilish boʼyicha 20 tonnagacha cheklov oʼrnatilgan boʼlishiga qaramasdan, birja savdolarida bir xaridor 20 tonnadan ortiq suyultirilgan gaz xarid qilib olayotganligi yuzasidan murojaat qilingan. Qoʼmitaning 2022-yil 30-martdagi 161/01-15 sonli xatida 1 (bir) tonnalik kichik lotlar…

MILLIY OʻZLIGIMIZ TIMSOLI, MAʼNAVIYATIMIZ ASOSI BOʻLGAN ONA TILIMIZGA EʼTIBOR YANADA KUCHAYTIRILADI

Soʻnggi yillarda yaxshi bir anʼanaga guvoh boʻlyapmiz. Yaʼni yangi yil boshlanishidan avval Prezident Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga murojaatnomasi eʼlon qilinadi. Ushbu murojaatnomada tugayotgan yil sarhisobi, asosiysi kelgusi yilda rejalashtirilayotgan masalalar, sohalar rivoji haqidagi rejalar eʼlon qilinadi. Shu bois ham ushbu murojaatnomani koʻpchilik intiq kutishadi. Kuni kecha boʻlib oʻtgan Murojaatnomada Prezidentimiz 2023-yilga yurtimizda “Insonga eʼtibor…

Qo’mita markaziy apparati tomonidan shakllantirilgan ishchi guruh Respublika miqyosida monitoring olib bormoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti videoselektoridagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi markaziy apparatidan 20 nafar va hududiy boshqarmalardan 80 nafar jami 100 nafar xodimdan iborat ishchi guruh tuzildi.Yoqilg’i quyish shoxobchalarida AI-80 markali benzinga narxlar qo’llanilishi hamda suyultirilgan gaz va ko’mirni aholiga o’z vaqtida yetkazib berish holatlarini o’rganish ishchi guruhning asosiy vazifasi etib belgilandi. AI-80…

Nazorat-kassa mashinalari ishlab chiqarish xizmati bozori oʻrganildi

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan nazorat-kassa mashinalari tovar bozorining raqobat muhitini baholash, isteʼmolchilarning tanlov imkoniyatlarini oshirish va ushbu bozorlardagi tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni taʼminlash maqsadida oʻrganish oʻtkazildi. Onlayn nazorat-kassa mashinasi – fiskal modulga bogʻlanish imkoniyatiga ega boʻlgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi, fiskal hujjatlarni fiskal maʼlumotlar operatoriga real vaqt rejimida uzatishni taʼminlovchi…

Qo‘mitada “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi vakillari hamda ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15-dekabr sanasida o‘rnatilgan xalqaro hamkorlik doirasida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida rais o‘rinbosari Karabayev Farrux Esanaliyevich, Qo‘mita vakillari hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi katta maslahatchisi Met Addison, elektr energiyasi bozori bo‘yicha mutaxassisi Tugrul Atasoy hamda mazkur loyihaning O‘zbekistondagi kordinatori Doniyor Babayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda O’zbekistonda energetika…

1992-yil 10-dekabr «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun

Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida g‘urur va faxr uyg‘otadi. Madhiyamiz mualliflari O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hamda O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov. Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi barcha yurtdoshlarimizni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!…

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Ushbu sana munosabati bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining asosiy yo‘nalishlari, Qo‘mitada korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan mexanizimlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda BMT xalqaro eksperti Irina Burdikova, BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda samarali hisobot beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi komponent rahbari N.Zikrillayeva hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining…

Benzin narxlarini monitoring qiluvchi telegram bot ishga tushirildi!

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan respublikamiz hududlarida aholiga benzin narxi haqida kunlik ma’lumot olish imkonini beruvchi maxsus “Benzin narxi” boti (@benzin_antimon_bot) ishga tushirildi. Iste’molchilar individual ravishda maxsus telegram bot orqali quyidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin: AYoQShlar kesimida benzin narxlari haqida kunlik ma’lumot; Hududlar kesimida AYoQShlar joylashuvi (lokatsiyasi) bo’yicha ma’lumot. Mazkur telegram bot orqali aholimiz nafaqat benzin…

Birjada benzin narxi tushishda davom etmoqda

Energetika sohasida yuzaga kelgan vaziyatni normallashtirish boʼyicha chora-tadbirlar belgilanib, unga koʼra birja sotuvlariga qoʼyilayotgan АI-80 benzinining kunlik hajmini oshirish hamda benzin narxining asossiz oshirilishiga yoʼl qoʼymaslik, narx oshishi boshlangʼich narxning 5 foizidan ortiq boʼlmasligini taʼminlash vazifasi belgilandi. Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash boʼyicha, bugun 4010 tonna АI-80 markali benzin birja savdolariga qoʼyildi. Jumladan, bugun birja savdolarida…

Jizzaxda 2019-2021 yillarda masjidlarga 58 mln.so’m ortiqcha mablag’ hisoblangan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Jizzax viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning 2019-2021 yillarda iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi bo’yicha tariflarning qanchalik to’g’ri qo’llanilganligi yuzasidan o’rganish o’tkazildi. O’rganish jarayonida “Jizzax HETK” AJ tomonidan viloyatdagi diniy tashkilotlarga, shu jumladan, masjidlarga 2019-2021 yillarda elektr energiyasi uchun belgilangan tariflar noto’g’ri qo’llanilganligi aniqlangan. O’zbekiston Respublikasi…