«KONTRAFAKTSIZ OY» OYLIGI BOSHLANDI

“Kontrafaktsiz oy” oyligida 3000 xildagi kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasi aniqlandi.   2021-2022 yillarda respublika miqyosida o‘tkazilgan “Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida 3000 xildagi kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasi aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi. Bugun 15 fevral kunidan mamlakatimizda “Kontrafaktsiz oy» oyligi boshlangan bo‘lib, bu tadbirlar 15 martga qadar davom etadi.Undan ko‘zlangan maqsad respublika…

Qo’mitada “Sanoat subsidiyalari bo‘yicha JST qoidalarining iqtisodiy va huquqiy jihatlari” mavzusida maslahatlashuv uchrashuvi bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi doirasida joriy yilning 1-fevral sanasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan jalb etilgan xalqaro ekspert Marius Bordalba (Ispaniya), milliy ekspert huquqshunos Umida Haqnazar hamda Qo‘mita raisi o‘rinbosari F.Karabayev boshchiligidagi Qo‘mita mutaxassislari ishtirokida “Sanoat subsidiyalari bo‘yicha JST qoidalarining iqtisodiy va huquqiy…

Tadbirkorlik subyektlari manfaatlari tabiiy monopoliya subyektidan himoya qilindi

Qoʻmitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Hududgazta’minot” AJ Samarqand viloyati boʻyicha hududiy gaz ta’minoti filiali boʻyicha ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishda hisoblangan toʻlovlar va qoʻllanilgan tariflarning asosliligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazilgan. Oʻrganish va tahlil oʻtkazilganda ayrim ulgurji iste’molchilar tomonidan 2018-yil noyabr oyi uchun iste’mol qilingan tabiiy gaz miqdori (hajmi) uchun oldindan toʻlov (avans) amalga oshirilgan…

Dehqon bozorlarida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari davom etmoqda

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida ayrim turdagi qishloq xoʼjaligi mahsulotlari narxlari oshganligi keng muhokamaga sabab boʼlmoqda. Xususan, dehqon bozorlarda piyozning narxi 10 ming soʼm, kartoshka 7 ming soʼm va sabzi 5 500 soʼm ekanligi qayd etilgan. Shu bilan bir vaqtda, respublika boʼyicha dehqon bozorlar hududida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari davom etmoqda. Bu esa aholining…

Isteʼmolchilar sifatsiz kommunal xizmatlar koʼrsatilganda qanday huquqlarga ega?

Soʼnggi kunlarda respublikamiz hududlarida havo harorati keskin sovub ketishi sharoitida aholiga issiq suv, issiqlik, gaz va elektr energiyasi yetarli darajada yoki umuman yetkazib berilmayotganligi holatlari yuzaga kelmoqda. Bunday ob-havo sharoitida gaz bosimi keskin pasayishi bois, barcha gaz, elektr hamda issiqlik energiyasi taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga belgilangan hajm va sifat talablariga muvofiq boʼlmagan tabiiy gaz, elektr…

5 trillion so’mga yaqin bitimlarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi berilgan.

2022-yil davomida Qo’mita va uning hududiy boshqarmalariga xo’jalik yuirtuvchi subyektlarni qo’shib yuborish va qo’shib olish hamda xo’jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olish bo’yicha bitimlarga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish yuzasidan jami 125-ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 28-ta murojaat xo’jalik yurituvchi subyektlarni qo’shib yuborish va qo’shib olishga rozilik olish to’g’risida bo’lsa, 97-tasi xo’jalik…

2022 yil davomida tizimda korrupsion holatlar aniqlanmagan

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiya holatlarini oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston…

RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QO‘MITASIGA RAHBAR TAYINLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Sharaxmetov Shaxrux Shaturgunovich O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Qo‘mita jamoasi va barcha soha mutasaddilari nomidan Sh.Sharaxmetovga mas’uliyatli lavozimda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Qo‘mita tomonidan muhandislik kollektorlari xizmatlari bozorida isteʼmolchilarning manfaatlari himoya qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yer osti quvurlarini o‘tkazish xizmatlari bozorida o‘rganish o‘tkazildi. Mazkur xizmatlar bozorida, “Toshkent shahar yer osti umumiy o‘tish muhandislik kollektorlari boshqarmasi” DUK monopol ustun mavqega ega korxona hisoblanadi. “Toshkent shahar yer osti umumiy o‘tish muhandislik kollektorlari boshqarmasi” DUK tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat narxlari o‘rganilganda, jami 22 ta…

RASMIY MUNOSABAT

Fuqaro Raxmatilla Azimovning ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanidagi  “Grain Island” MChJga qarashli AGKTShda har 1 m3 miqdoridagi tabiiy siqilgan (metan) gazni 2900 so‘mdan sotilayotganligi yuzasidan “Kusherbayevga murojaat” telegram kanaliga yo’llagan murojaati Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganilganda quyidagilar ma’lum bo‘ldi. Mazkur masalaga aniqlik kiritish maqsadida AGKTShga murojaat qilinganda, ish vaqti…