Butunjahon Sifat kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari hamda hamkor tashkilotlar tomonidan joylarda sifat madaniyatini oshirish, mahsulotlar va xizmatlar sifati bo‘yicha aholining xabardorligini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati
Hududiy boshqarma tomonidan Farg‘ona davlat texnika universiteti va Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazildi.
🌀 Tadbirlar davomida, “Sifat” tushunchasining mohiyati, mahsulot va xizmatlar sifatini ta’minlashda korxonalar mas’uliyati, sog‘lom raqobat muhitining sifat oshirishdagi o‘rni, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik normalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💬 Talabalar sifat standartlari, sertifikatlash tizimi va reklama, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka oid savollar bilan faol ishtirok etdi.
Jizzax viloyati
Butunjahon Sifat kuni munosabati bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish va standartlarga rioya etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Qo‘mitaning Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan uchrashuv tashkil etildi.
💬 Mutaxassislar tomonidan mahsulot va xizmatlar sifati tushunchasi, davlat standartlari talablari, bozordagi sifat nazorati jarayonlari, sifatsiz mahsulotni aniqlash va murojaat qilish tartibi, iste’molchilarning asosiy huquqlari va ularni amalga oshirish mexanizmlari kabi mavzularda batafsil tushuntirishlar berildi.
Navoiy viloyati
“Butunjahon sifat kuni” munosabati bilan hududiy boshqarmada hamkor tashkilotlar bilan birgalikda seminar o‘tkazildi. Seminar davomida iste’molchilarga oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ularni xarid qilishda ayniqsa e’tibor qilish lozim bo‘lgan jihatlar, davlat standartlari va qonunchilik talablari haqida muhim ma’lumotlar berildi.
💬 Shuningdek, hududiy boshqarma va tegishli tashkilotlar ishtirokida ishchi guruhlari shakllantirilib, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Surxondaryo viloyati
Hududiy boshqarma tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Termiz Pedagogika institutida Butunjahon Sifat kuni munosabati bilan “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati haftaligi” doirasida tadbir o‘tkazildi.
💬 O‘tkazilgan tadbirda talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari sifati bo‘yicha keng targ‘ibot ishlari olib borildi. Shu bilan birga, boshqarma tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi.
Xorazm viloyati
Hududiy boshqarma tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida Urganch raqamli texnologiyalar universiteti, Urganch davlat universiteti va Urganch davlat tibbiyot institutida “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati haftaligi” doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi.
💬 Tadbirda talabalar uchun oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari sifati, davlat standartlari talablari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, reklama va raqobat to‘g‘risidagi qonun normalari bo‘yicha keng tushuntirishlar berildi.
Toshkent shahri
Hududiy boshqarma tomonidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Butunjahon Sifat kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
💬 Tadbirda Raqobat qo‘mitasi xodimlari talabalar uchun. oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari sifat nazorati, davlat standartlari talablari, iste’molchilar huquqlariga oid asosiy ma’lumotlarni yetkazdi.
Ma’lumot uchun: Butunjahon Sifat kuni Yevropa sifat tashkiloti (EOK) tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida 1989-yilda tasdiqlangan bo‘lib, har yili noyabr oyining ikkinchi payshanbasi dunyoning 80 dan ortiq davlatida keng nishonlanadi.








