Energetika sohasida yuzaga kelgan vaziyatni normallashtirish boʼyicha chora-tadbirlar belgilanib, unga koʼra birja sotuvlariga qoʼyilayotgan АI-80 benzinining kunlik hajmini oshirish hamda benzin narxining asossiz oshirilishiga yoʼl qoʼymaslik, narx oshishi boshlangʼich narxning 5 foizidan ortiq boʼlmasligini taʼminlash vazifasi belgilandi.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash boʼyicha, bugun 4010 tonna АI-80 markali benzin birja savdolariga qoʼyildi.
Jumladan, bugun birja savdolarida 1 tonna AI-80 benzini o‘rtacha 7,0 mln so‘mdan, ya‘ni boshlang‘ich narxiga nisbatan 5 foizdan oshmagan holda sotilishi ta‘minlandi.
7-dekabr kuni 1 tonna benzin oʼrtacha 8,1 mln soʼmdan sotilgan boʼlsa, narxlar bugundan birja savdolarida oʼrtacha 14 foizgacha arzonlashgan.