Bugun 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida faoliyat yuritayotgan Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xodimlari va o‘z bilimi, tashabbuskorligi, mehnatsevarligi bilan namuna bo‘layotgan bir guruh yoshlar Qo‘mita raisi Sh.Sharaxmetov tomonidan taqdirlandilar.
Barchangizni Qo‘mita jamoasi nomidan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Ilm o‘rganishdan va ko‘zlagan maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlashdan to‘xtamang!