Belarus Respublikasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 19-oktyabr kuni Minsk shahrida Belarus Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda Qo‘mitaning Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Elmurat Xaitmetov va Belarus Respublikasi vazirligi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Janna Kuchevskaya ishtirok etib, sohadagi amaliy ishlar, dolzarb masalalar va yangi islohotlar yuzasidan ma’lumot almashishdi. Shuningdek, raqamli platformalarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Qo‘mita delegatsiyasi Belarusda bo‘lib o‘tayotgan MDHga a’zo davlatlarning Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha davlatlararo kengashining 59-yig‘ilishi va Monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini buzilishi holatlarini birgalikda bartaraf etish bo‘yicha shtabning 45-yig‘ilishida ishtirok etmoqda.