Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish jarayonida ma’lum ishlar amalga oshirilmoqda.
Raqobat qo‘mitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatda, fuqaro suv ta’minoti korxonasi tomonidan xonadoniga asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligidan norozi boʻlib hududiy boshqarmadan amaliy yordam so‘ralgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasiga asosan, ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Paxtakor tuman suv ta’minoti korxonasi tomonidan fuqaroga hisoblangan asossiz 14 535 900 soʻm qarzdorlik fuqaro foydasiga qayta hisob kitob qilinishi ta’minlandi.