O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmlari va qo’llanilgan tariflarning qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o’rganish va tahlil ishlari olib borildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12- yanvardagi 22-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 153-bandi ikkinchi xat boshisida aholiga elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida foydalanuvchi idoraviy va munisipial uy-joy fondi, yuridik shaxslar yotoqxonalari, diniy tashkilotlar va oilaviy korxonalar, shuningdek, elektr energiyasidan aholi ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonxonalarga maishiy iste’molchilarga belgilangan tarif qo’llanilishi ko’rsatib o’tilgan.
O’rganish davomida «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan aholiga extiyojlari uchun issiqlik energiyasi yetkazib berishda “Issiqlik manbai” DUKning lokal qozonxonalari uchun yetkazib berilgan elektr energiyasiga belgilangan tariflarni oshirib qo’llaganlik natijasida jami 82 858,7 ming so’mlik asossiz daromad olinganligi aniqlandi va “Issiqlik manbai” DUK foydasiga hisoblangan mazkur to’lovlar qayta hisob-kitob qilinishi va qaytarilishi ta’minlandi.
Natijada “Issiqlik manbai” DUKning qonuniy huquq va manfaati ta’minlandi. SHuningdek, aholiga issiqlik energiyasi yetkazib berishda tannarx xarajatlari ya’ni, korxonada iste’mol qilinayotgan elektr energiya sarfi tejab qolinishi ta’minlandi.