Navoiy viloyatining shahar va tumanlari kesimida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish yuzasidan Raqobat qo‘mitasi ishchi guruhi uchrashuvlar tashkil etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Raqobat qo‘mitasi raisi H. Turaxujayev tomonidan Navoiy viloyatida tadbirkorlik subyektlarining faoliyati va ishlab chiqarish salohiyati o‘rganildi.
Qiziltepa tumanidagi «Akobir Marjona orzusi» MCHJ tikuv sexi, «Yangi Asr» chorvachilik fermer xo‘jaligi hamda «SVS Navoiy» MCHJga qarashli qo‘lqop ishlab chiqarish korxonasi faoliyatlari bilan tanishildi.
O‘rganishlar davomida mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, mahsulot turlarini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, mahsulotlar raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan,mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ichki bozordagi o‘rnini mustahkamlash, iste’molchilar ehtiyojidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish hajmi va turlarini ko‘paytirish imkoniyatlari orqali korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish kabi choralar belgilab olindi.
Shuningdek, mahsulotlarni xorijiy bozorlarga chiqarish va xalqaro sifat talablariga moslashtirish muhim vazifalardan biri sifatida ekanligi ta’kidlandi.
Muloqotlar davomida tadbirkorlik subyekti vakillarining faoliyat jarayonida duch kelayotgan muammo va takliflari tinglanib, ularni bartaraf etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda korxona faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.








