SUD QO‘MITA QARORI QONUNIYLIGINI YANA BIR BOR TASDIQLADI
Raqobat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan bir qator tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasi bo‘yicha noto‘g‘ri hisob-kitob qilinayotganligi yuzasidan berilgan murojaatlari o‘rganib chiqildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energосavdo” filiali Surxondaryo bo‘linmasi tomonidan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarda qonunchilik talablari buzilgani va 4 ta tadbirkorlik subyektidan jami 19,4 mln so‘m ortiqcha mablag‘ undirilgani aniqlangan.
Jumladan:
🟣“SURXON-KSP-GRAND” MCHJdan — 9,5 mln so‘m;
🟣“Termiz-ta’minot” sanoat qurilish ta’minot xususiy korxonasidan — 6,4 mln so‘m;
🟣“Bandixon birlashma” MCHJdan — 1,4 mln so‘m;
🟣“Surxon birlashma” MCHJdan — 2,1 mln so‘m.
Mazkur holat yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qaror qabul qilinib, ortiqcha undirilgan mablag‘larni tadbirkorlik subyektlari foydasiga qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanilgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energосavdo” filiali Surxondaryo bo‘linmasi Maxsus komissiyaning qaroridan norozi bo‘lib, bir necha sud instansiyasi tartibida murojaat qilishiga qaramasdan sud instansiyalarida shikoyat qanoatlantirilmasdan komissiya qarori o‘z kuchida qoldirildi.








