#Raqobat_qo‘mitasi #Sirli_mijoz_tadbiri
Raqobat qo‘mitasi tomonidan ayrim dori vositalari belgilangan narxdan 6 barobargacha qimmat sotilgani aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan «sirli mijoz» tadbirlarida ayrim dori vositalari belgilangan narxdan 6 barobargacha qimmat sotilgani aniqlandi.
Jumladan:
➡️ “SHUNQORLAR” MCHJga qarashli dorixonada:
🔘“ПОЛИМИК® блистеры №10(1×10)” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 12 837,18 so‘m bo‘lsa-da, 5,5 barobar qimmatga ya’ni, 70 000 so‘mdan taklif etilayotganligi;
🔘“КОНВУЛЕКС® Капли для приема внутрь 300мг/мл” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 66 481 so‘m bo‘lsa-da, 6 barobar qimmatga ya’ni, 395 000 so‘mdan taklif etilayotganligi aniqlandi..➡️ “MUNO FARM” MCHJga qarashli (Qoraqamish 2/5-mavzesi) dorixonada:
🔘“СТИМУЛОТОН Таблетки покрытые оболочкой 50мг блистеры№30(3×10)” dori vositasi narxi so‘ralganida sotish uchun ruxsat etilgan narxi 50 666,17 so‘m bo‘lsa-da, 6 barobar qimmatga ya’ni, 295 000 so‘mdan taklif etilayotgani aniqlandi.➡️ “CITY FARM” MCHJga qarashli dorixonalarda:
🔘“БАКТАМЕД 3.5мл ампулы” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 18 849,43 so‘m bo‘lsa-da, 3,3 barobar qimmatga ya’ni, 63 000 so‘mga sotilgani;
🔘“НО-ШПА® 40 мг/2 мл ампулы №25” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxdan qimmatga sotilgani ma’lum bo‘ldi.➡️ “HOSIL FARM” MCHJga qarashli dorixonada:
🔘“Лантус® СОЛОСТАР® 100 ЕД/мл 3мл №5(1×5)” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan 20 foiz ustama qo‘yilgandagi narxi 115 173,3 so‘m bo‘lsa-da, 80 foiz ustama qo‘yilib, 190 000 so‘mga;
🔘“СЛИДЕРОН Таблетки 16 блистеры №20(2×10)” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 115 677,1 so‘m bo‘lsa-da, 3 barobar qimmatga ya’ni, 349 000 so‘mga sotilgan.➡️ “AMIR FARM TRADE” MCHJga qarashli dorixonada “БАКТАМЕД 0,5% 3.5мл ампулы” dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 18 849,43 so‘m bo‘lsa-da, 20 foiz o‘rniga 100 foiz ustama qo‘yilib, 32 000 so‘mga sotilgan.
➡️ “FERUZA NUR MED” MCHJga qarashli dorixonada “ПОЛИМИК® блистеры №10(1×10)” dori vositasini sotish uchun ruxsat etilgan narxi 12 837,18 so‘m bo‘lsa-da, narxdan 5 barobar qimmatga ya’ni, 62 000 so‘mga sotilgan.
➡️ “LEADER PHARMGROUP” ХК, “PHARM S GOLDEN” MCHJ va “RUSLAN BUYUK FARM” MCHJga qarashli dorixonalarda “НО-ШПА® 40 мг/2 мл ампулы №25” dori vositasi ham belgilangan narxdan yuqori narxda sotilgani aniqlandi.
⚡️ Yuqorida aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan, belgilangan tartibda ko‘rsatma berilib, litsenziya talablari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish uchun tegishliligi bo‘yicha vakolatli organga so‘rov yuborildi.
‼️ Raqobat qo‘mitasi farmatsevtika sohasida dori vositalari narxlari ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida «sirli mijoz» tadbirlarini belgilangan tartibda tizimli ravishda davom ettiradi.








