#E’lon
TADBIRKORLAR DIQQATIGA!
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida Raqobat qo‘mitasi rahbariyati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.
Ochiq muloqotda tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar qabul qilinadi. Shu munosabat bilan , barcha tadbirkorlik subyektlari vakillarini joriy yilning 8-iyun kuni Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi binosida bo‘lib o‘tadigan ochiq muloqotda ishtirok etishga taklif etamiz
☎️ Ma’lumot uchun:(+998) 66 233 31 33
🗓 8-iyun 2026-yil | 🕐 Soat 10:00
📌 Samarqand viloyati, Samarqand sh. Alisher Navoiy ko‘chasi, 58-uy.







