#Onlayn_olimpiada
📣 Xabaringiz bor, Qo‘mita tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida har yili o‘tkazib kelinayotgan “MOLIYAVIY SAVODXON YOSh ISTYE’MOLChI” onlayn olimpiadasiga joriy yil 12-fevraldan start berilgan edi. (https://t.me/RaqobatGovUz/11666)
Nomzodlarni ro‘yxatga olish 2026-yil 27-fevralga qadar davom etadi.
1️⃣-bosqich – test savollari 2026-yil 2-mart kuni soat 15:00 dan 16:00 ga qadar olimpiada.edu.uz elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabalar o‘rtasida ishtirokida bo‘lishini eslatib o‘tamiz.
2️⃣-bosqich – 2026-yil 5-mart kuni test natijalaridan saralab olingan 16 nafar talabalar bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi.
🏆 G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar, xususan 1 va 2-o‘rin sohiblariga planshet, 3-o‘rin va nominatsiya egalariga smart televizor Toshkent shahrida 2026-yil 12-mart kuni tantanali ravishda topshiriladi. 🏆
⭐️ Tanlovda ishtirok eting, o‘z bilimlaringizni sinab ko‘ring va g‘oliblikni qo‘lga kiriting.
✍️ Ehtimoliy test savollari bilan tanishish uchun
@RaqobatGovUz Telegram kanaliga a’zo bo‘ling!
Batafsil ma’lumot:
raqobat.gov.uz
(71) 207-47-00 (321)








