#Yashil_makon
🌳 Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
🌱 Joriy yilning 22-noyabr kuni Qo‘mita rahbariyati boshchiligida Toshkent shahar mahalliy aeroport hududidagi bog‘ga 500 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Xususan, Raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Oqtosh mahallasi va Ohangaron tumanidan qo‘mitaga ajratilgan hududlarda ham joriy yilning o‘tgan davrida 1 000 tupdan ortiq ko‘chat ekilib, obodonlashtirish ishlarini olib borilganligi bo‘yicha xabar berilgan edi. (https://t.me/RaqobatGovUz/11354)
Qo‘mitaning hududiy organlarida ham bu borada ishlar davom ettirilmoqda. Jumladan,
Andijon viloyati
Hududiy boshqarma ham mazkur dolzarb oylikda Asaka tumani Asaka massivi hududida 250 tup turli mevali daraxt ko‘chatlarini ekdi.
Qashqadaryo viloyati
Hududiy boshqarma tomonidan Qarshi – G‘uzor avtomobil yo‘li hududida daraxt ekish ishlari olib borilib, 150 ga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.
Samarqand viloyati
Hududiy boshqarma tomonidan Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasiga qarashli O‘rta Zarafshon tizimida joylashgan Oq-qora daryo gidrouzeli hududida 500 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chati ekilgan bo‘lib, shu kungacha jami ekilgan ko‘chatlar soni esa 1000 tupni tashkil etadi.
Surxondaryo viloyati
Hududiy boshqarma tomonidan mazkur tadbirda faol ishtirok etib,Termiz shahrida 135 ga yaqin manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekishdi.
🍀 Ma’lumot o‘rnida. Bugungi kungacha Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan 4000 tupdan ortiq ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi.
Qo‘mita tomonidan mazkur loyiha doirasidagi “dolzarb bir oylik” tadbirlari bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.








