18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
Dunyoda bironta ramz yoki timsol davlatni, millatni jahonga Davlat bayrog‘idek tanita olmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34-yilligi barchamizga muborak bo‘lsin!
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi millatning hurligini, ezguligini, tinchligini, buyukligini timsoli bo‘lgan bayrog‘imiz qabul qilingan kun bilan tabriklaydi.








