Mamlakatimizda 2025-yilning 8-noyabridan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “dolzarb bir oylik” e’lon qilindi.
Raqobat qo‘mitasi va uning huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DM xodimlari ham mazkur tadbirda faol ishtirok etishdi,
Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidagi katta yo‘l bo‘yida «Yashil makon» umummilliy loyihasining kuzgi mavsumida 500 ga yaqin manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekishdi.







