Raqobat qo‘mitasi tomonidan Singapur Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Multinational Mining Group Overseas PTE.Ltd.” kompaniyasi tomonidan “Multinational Mine Group” MChJ XKning 100 foiz ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.
🔘“Multinational Mining Group Overseas PTE.Ltd.” kompaniyasi – xolding kompaniyalari faoliyati va korxonalarga investitsiyalar kiritish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot;
🔘“Multinational Mine Group” MChJ XK foydali qazilmalarni qidirish va muhandislik izlanishlari sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitim tovar bozorida raqobatga ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelinib, arizani qanoatlantirish va bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.