Eng katta kamchilik – vazirliklar quyi bo‘g‘inda, ayniqsa, tuman va shahar darajasida samarali ish tashkil eta olmayapti. Endi aholi bilan bevosita muloqot qilib, odamlarni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish ular uchun bosh vazifa bo‘lishi kerak.
Bundan buyon har bir rahbar va mutasaddi faoliyatiga aynan shu mezon asosida baho beriladi.
Prezidentimiz deputatlarni vakolatlari doirasida o‘z okruglaridagi tuman va shahar darajasida so‘rov va talabni hech tortinmasdan kuchaytirishga chaqirdi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/4990).