O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan “UZCARLSBERG” MChJning “TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AJ xizmatidan norozi bo‘lib qilgan murojaati vakolat doirasida o‘rganib chiqildi.
Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida “TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AJ va “UZCARLSBERG” MCHJ o‘rtasida “Chiqindi suvlarni shahar kanalizatsiyasiga chiqirish to‘g‘risida”gi kommunal-ekologik normativ hujjat rasmiylashtirilgan. Unga ko‘ra, “UZCARLSBERG” MCHJga chiqindi suvlarni shahar kanalizatsiyasiga chiqarib yuborish uchun suv hajmi 68 % koeffitsiyent qo‘llanishi belgilangan. Biroq, “TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AJ tomonidan “UZCARLSBERG” MChJga 76 % koeffisent qo‘llanilganligi natijasida 75 mln so‘mga yaqin ortiqcha to‘lov hisoblanganligi aniqlangan.
Yuqoridagi holatlar bo‘yicha, hududiy boshqarma tomonidan “TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AJga nisbatan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasi (tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlaridan foydalanish shartlarini tiqishtirish yoki tabiiy monopoliya subyektlarining belgilangan narxlarda (tariflarda) hisobga olinmagan haq undirish evaziga daromad olishga olib keladigan boshqacha xatti-harakatlarni sodir etish man etiladi) talablarini buzganlik alomatlari mavjud deb belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.