Jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Qo‘mita rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni taʼminlash;
ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda – “OAV”) bilan o‘zaro hamkorlik qilish, Bo‘lim bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
Qo‘mita faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, Qo‘mitaning rasmiy veb-sayti, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, media-turlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
Qo‘mitada mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Qo‘mitaning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;
axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda — “Agentlik”) bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida Qo‘mita rahbariyatining chiqishlarini tashkil etish;
axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida Qo‘mita faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, maʼlumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
Qo‘mita faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto, audio, videomateriallar va h.k.) bilan taʼminlash;
Qo‘mita vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda Qo‘mita rasmiy veb-saytida joylashtirish;
Qo‘mita faoliyatiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.
aholining isteʼmolchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan materiallar tayyorlash;
raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimining xorij tajribasini tahlil qilish va uning asosida materiallar tayyorlash;
Jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish bo‘limi quyidagilar funksiyalarni bajaradi:
axborotni OAVda, Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida tezkor joylashtiradi va o‘z vaqtida yangilab boradi, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantiradi;
OAVda, shu jumladan, internet tarmog‘ida axborot joylashtiradi (chop etadi), shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish va yangilab borishni taʼminlaydi;
ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, Qo‘mitaning rahbarlari ishtirokidagi tadbirlarni (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalarni) tashkil etadi va o‘tkazadi;
ommaviy axborot vositalari bilan axborot-maʼlumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun Qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy va statistik matnlar, foto, audio, videomateriallar va boshqa maʼlumotlarni tayyorlaydi;
ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, axborot xizmati bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantiradi, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy axborot vositalari so‘rovi asosida ularga og‘zaki, yozma va elektron shaklda axborot taqdim etadi;
qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi;
Qo‘mita faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda milliy va xorijiy nashrlarda eʼlon qiladi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi;
Qo‘mita faoliyatini to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy OAV hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Qo‘mita faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Qo‘mitaning faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va videomateriallar maʼlumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini taʼminlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda OAVning Qo‘mita faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.
Murojaat uchun: press@antimon.gov.uz