5 ta chiqindi tashish korxonasi tomonidan 250 mingga yaqin iste’molchidan 8,8 mlrd so‘mdan ortiq asossiz mablag‘ olingani aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi viloyatda aholiga maishiy chiqindi tashish xizmati ko‘rsatilishi holatini o‘rganib chiqdi. O‘rganishlar davomida bir qator qonunbuzilishlar ya’ni ayrim xonadonlardan chiqindilar umuman olib ketilmagan bo‘lsa-da, ularga to‘lovlar hisoblangan va xizmat belgilangan darajada ko‘rsatilmagan holatlar ham aniqlandi.
Yuqoridagi aniqlangan holatlar yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “RAHNAMO SERVIS”, «ZERO-WASTE», “ZANGIOTA OBODON”, “ANGREN BUNYOD FAYZ” va «OHANGARON SANITARIYA TOZALASH» MChJlariga nisbatan «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilish bilan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan 250 mingga yaqin iste’molchiga 8,8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan respublikamizning hududlari kesimida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida bu boradagi tizimli o‘rganishlar davom ettirilmoqda.








