Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 239-sonli Qarori talablariga rioya qilinglanligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlar natijasida Sharof Rashidov tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan “Jizzax suv ta’minot” MChJdan reaktiv energiya uchun assosiz ravishda 3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirilganligi aniqlandi.
“Jizzax suv ta’minot” MChJga reaktiv energiya kompensatsiyasi uchun chegirmalar (ustamalar) hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlar bo‘yicha yoki elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan ruxsat etilgan quvvat 50 kVt va undan ortiqni tashkil etgan I va II tarif guruhlari iste’molchilariga nisbatan amalga oshiriladi (byudjet tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stantsiyalari, shuningdek, Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stantsiyalari bundan mustasno) deb ko‘rsatilganligi, lekin yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qarorga zid ravishda Sh.Rashidov tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan jamiyatga har bir nuqtadan ulangan quvvati 50kVtdan oshmagan bo‘lsa ham reaktiv quvvat uchun to‘lovlarni undirish holatlari aniqlangan.
Buning oqibatida, Sh.Rashidov tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan iste’molchiga asossiz ravishda 2020-yilda 27 548.9 ming so‘m, 2021-yilda 25 997.4 ming so‘m, 2022-yilda 3 681 549.6 ming so‘m va 2023-yilda 70 189.8 ming so‘m, o‘tgan yillar davomida jami 3 805 285.8 ming so‘m mablag‘ hisoblanishi oqibatida ushbu summaga penyani xam noto‘g‘ri hisoblanishi yo‘l qo‘yilgan, shu sababli ortiqcha to‘lov talab qilinganligi aniqlangan.
Ushbu holatda foydalanilgan elektr energiyasi uchun 2020-2023 yillar davomida ta’minotchi korxona tomonidan Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018-yildagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 133-bandiga zid ravishda to‘lov hisob-kitoblari taqdim etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.10.2010-yildagi 239-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, dekloratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 36-bandi, 6-xatboshisida (tovarning narxiga (tarifga) xomashyo va materiallarga, yoqilg‘i-energetika resurslariga va haqiqatda amalga oshirilmagan xarajatlarni, amalda yuz bermagan mehnat xarajatlarini va boshqa xarajatlar yoki bajarilmagan ishlarni kiritish) nazarda tutilgan qonunbuzarlik sodir etilgan.
Jizzax hududiy boshqarmasining maxsus komissiyasi qaroriga asosan “Jizzax suv ta’minoti” MChJdan reaktiv energiya uchun assosiz ravishda undrilgan 3 805 285.8 ming so‘m mablag‘ jamiyat foydasiga oldindan to‘lov shaklida qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.