O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi doirasida joriy yilning 1-fevral sanasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan jalb etilgan xalqaro ekspert Marius Bordalba (Ispaniya), milliy ekspert huquqshunos Umida Haqnazar hamda Qo‘mita raisi o‘rinbosari F.Karabayev boshchiligidagi Qo‘mita mutaxassislari ishtirokida “Sanoat subsidiyalari bo‘yicha JST qoidalarining iqtisodiy va huquqiy jihatlari” mavzusida maslahatlashuv uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasining JSTga qo‘shilishi bo‘yicha savdoga oid shartlar, subsidiyalar va davlat tomonidan taqdim etiladigan eksklyuziv huquqlar hamda imtiyozlar borasida, shuningdek, amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar haqida fikr almashishdi.