Ijtimoiy tarmoqlardagi soxta aksiyalardan ogoh bo‘ling
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarni qiziqtirib, xalqimiz orasida mashhur bo‘lgan kompaniyalar tomonidan o‘tkazilayotgan yutuqli o‘yinda ishtirok etish orqali qimmatbaho sovg‘alar yutib olish mumkinligi haqidagi yolg‘on reklama aksiyalari berib kelinmoqda, ularning asl maqsadi aldov yo‘li bilan fuqarolarni ishontirib, ularning shaxsiy ma’lumotlarini bilib olishdan iborat. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda “Ucell” mobil operatori bahor mavsumi kirib kelishi munosabati bilan…



