Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga o‘tgan 2025-yil davomida iste’molchilardan jami 4 221 ta murojaatlar kelib tushgan
#Kun_raqami Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga o‘tgan 2025-yil davomida iste’molchilardan jami 4 221 ta murojaatlar kelib tushgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida iste’molchilar foydasiga 1.5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar qayta hisob-kitob qilingan.



